Apple shirkati o‘zining iphone 6 larini ommaga taqdim qildi

Image copyright AFP

iphone mobil telefonining ashaddiy ishqibozlari intiqlik bilan kutgan va bir haftadan buyon Nyu-Yorkdagi yoki Londondagi Apple do‘konlari oldida navbat olib, kecha-kunduzni shu yerda o‘tkazgan kishilar kuni yetib keldi.

Kaliforniyaning Kupertino shaharchasidagi taqdimot marosimida Apple ijrochi direktori Tim Kuk iPhone 6 hamda iPhone 6 Plus deb nomlangan smartfonlarini taqdim qildi.

Image copyright EPA

Shuningdek, Apple o‘zining smartsoati va mijozlari uchun yangi moliyaviy xizmati bilan tanishtirgan.

Firma do‘konlarida savdolar boshlandi.

iPhone 6 va iPhone 6 Plus bundan oldingi "ayfon"lardan katta ekani bilan farq qiladi.

Image copyright APPLE

iPhone 6 ning diagonali 12 santimetr, iPhone 6 Plus niki esa 14 santimetrni tashkil qilgan.

Telefonlarning old qismi paneli shishadan, orqa qismi esa alyuminiydan yasalgan.

Apple ijrochi direktori Tim Kukning taqdimot marosimida aytishicha, "ayfon"ning yangi versiyasi shirkat tarixidagi eng ahamiyatli ixtiro va u buni dunyodagi birinchi raqamli smartfon deb atagan.

Image copyright ap

Shirkat taqdim qilgan aqlli soat Apple Watch deb nomlangan.

Ushbu jihozda salomatlik va fitnes applikatsiyalaridan foydalanish mumkin va u iPhone bilan "muloqot" qiladi.

BBC muxbiriga ko‘ra, dunyoning boshqa mashhur shirkatlari allaqachon smartsoatlarni savdoga chiqargan va Apple bunday mahsulot bozoriga nisbatan kechikib kirib kelmoqda.

Biroq ekspertlar aytishicha, Apple ning biror sohaga kechikib kirib kelish, biroq bu sohaning yo‘nalishini o‘zining qudratli va ta‘sirli jihozlari bilan o‘zgartirib yuborish "odati" bor.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02