O‘zbekiston mustaqilligi: Kim edigu kim bo‘ldik...

Uzbek chemical factory
Image caption Navoiy kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqarish zavodi

O‘zbekiston mustaqilligining 23 yillik sanasiga bag‘ishlangan hukumat hujjatlarida Sho‘rolar davrida O‘zbekiston "iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangani, qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez sur‘atlar bilan o‘sib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylangan", deb aytiladi.

SSSR iqtisodiyotining bir qismi bo‘lgan O‘zbekistonning sanoat potentsiali va ishlab chiqarish imkoniyatlari kuchli edi.

Sho‘rolar Ittifoqi parchalanib ketishi ortidan boshlangan beqarorliklardan so‘ng O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘zini qayta o‘nglab olishga muvafaq bo‘lgan, deb takidlashadi ba‘zi kuzautuvchilar.

Lekin Ostonadagi Ovrosiyo Universitetidan iqtisodchi olim Saparboy Jubayevga ko‘ra, hukumat hujjatlarida aytilayotgandek O‘zbekiston iqtisodini Sho‘rolar davrida "qoloq", deb ta‘riflab bo‘lmasdi.

"O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlari va rivojlanishi bo‘yicha O‘zbekiston Qozog‘iston bilan birga SSSRda to‘rtinchi-beshinchi o‘rinda turardi", deydi Saparboy Jubayev.

Saparboy Jubayevning aytishicha, "Sovet davrida O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoati yaxshi rivojlangan, katta zavodlar bor edi. Masalan, Toshkentdagi aviatsiya zavodi, elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, xullas, juda ko‘p zavodlar bor edi. Ya‘ni ma‘lum darajada yaxshi rivojlangan sanoat bor edi".

Sho‘rolar davrida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodi eng sanoatlashgan mamlakat edi. Sog‘liqni saqlash, ilm-fan va savodxonlik bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishilganini tan olish kerak.

Ana shu manzarada mintaqa mamlakatlarining mustaqillikdan avval va undan keyingi bosqichdagi iqtisodiy o‘sish darajasini qanday ta‘riflasa bo‘ladi? Ular xalqaro andozalarga binoan qaysi toifaga kiradilar?

"Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikalarini qoloq deb ta‘riflash bu umuman notug‘ri. Jaxon Banki ham yaqinda bizni o‘rta rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritib qo‘ygan", deb ta‘kidlaydi iqtisodchi Saparboy Jubayev.

O‘zbekiston iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishi uchun ayrim zarur bo‘lgan chora tadbirlar qatoriga sanoatni yuqori texnologiyalar bilan jihozlash, xom ashyo yoqilg‘ini chetga sotmasdan mamlakat ichida unga ishlov berib, undan ishlab chiqarilgan tayyor maxsulotlarni boshqa davlatlarga sotish kabi harakatlar muntazam ravishda amalga oshirilishi lozim.

Saparboy Jubayevga ko‘ra, "O‘zbekiston gaz, oltin, uran kabi yer osti boyliklariga ega. Sh sohalarni yuqori, zamonaviy texnologiyalar darajasiga yetkazib, qo‘proq qo‘shimcha qiymati qo‘shilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga harakat qilsak bo‘ladi. Integratsiyani kengaytirib, investitsiyalarni keltirish kerak. Hom ashyolarimizni ko‘proq qayta ishlab chiqarish texnologiyalarini jalb qilishimiz kerak. Shunda O‘zbekiston Qozog‘iston va Belorussiyaga o‘xshab, iqtisodiy muhitni yaxshilasa, ular qatoriga qo‘shilishi mumkin".

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02