Livanda muzli suvda pishishning o‘zgacha yo‘li

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Muz solingan suvga pishib, mushaklar sklerozi kasalligiga qarshi kurashish uchun hayriya yig‘ish amali jahon bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalashib ketdi.

O‘zini muzdek suvga pishgan har bir qatnashuvchi tomonidan 10 dollardan hayriya qilinishi millionlab dollar yig‘ilishiga olib keldi.

Lekin jahonning ba‘zi nuqtalarida suv taqchilligi ham muammo. Aytilishicha, muzdek suvga pishish harakati tashabbusi kelib chiqqan AQShning Kaliforniya shtatida ham bu muammo bor.

Shunday ekan qimmatli zaxirani isrof qilib, hayriya puli yig‘ish ne qadar o‘rinli?

Livanda ba‘zilar ertalab uyda umuman suv yo‘q vaziyatda uyg‘onadilar.

Shuning uchun faollar guruhi ham skleroz kasalligi va ham suv taqchilligi muammosiga e‘tibor qaratish uchun muzdek suvga pishish harakatini o‘zgartirishga qaror berdilar.

Syuzan Kainpur lavhasi.

-----------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02