Filippinda kema cho‘kishi ortidan o‘nlab odamlar qutqarib olingan

Image copyright AP

Filippinda shanba kuni parom kemasi cho‘kishi oqibatida 100 odam qutqarib olingan va ikki kishi nobud bo‘lgani tasdiqlangan.

Biroq, Maxarlika 2 paromida faqat 84 kishi bo‘lgani qayd qilingan, shunday ekan rasmiylar qancha odam bedarak ketganini bilmasligini aytishmoqda.

Filippindagi kemalarda barcha yo‘lovchilarning qayd etilmasligi oddiy holdir.

Parom Janubiy Leyte viloyatidagi Liloan portidan chiqqan.

Maxarlika 2 paromi Panaon orolidan shimoli-g‘arbda cho‘kkan.

Filippin suv yo‘llarida baxtsiz hodisalar tez-tez yuz beradi.

Hodisalarga tropik ob-havo, yo‘lovchi kemalarining yaxshi ta‘mirdan chiqarilmagani va xavfsizlik choralarining tadbiq etilmasligi sabab bo‘ladi.

Hukumatga ko‘ra, parom "katta to‘lqinlar" tufayli muammolarga duch kelgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer