BBC mehmoni - "Nortoy" roli bilan mashhur aktyor va rejissyor Rashid Malikov

BBC mehmoni - mashhur aktyor va rejissyor Rashid Malikov.

Rashid Malikov o‘zbekistonliklarga "Chinor ostidagi duel" filmidagi Nortoy roli bilan yaxshi tanishdir.

Nortoy roli bilan tanilishidan avval Rashid Malikov 1980 yilda Toshkent Tibbiyot institutini tamomlagan.

1986 yilda esa u Moskvadagi VGIK oliygohining kino rejissurasi fakultetini tugatgan.

U rejissyor-postanovshchik va stsenariy muallifi sifatida sakkizta film yaratgan.

Yaqindagina u o‘zining oxirgi "Tog‘a" nomli filmi uchun Rossiyadagi "V krugu semi" xalqaro kinofestivalining bosh mukofotiga sazovor topildi.

1991 yilda u "Tungi blyuz" filmi uchun Ashxoboddagi xalqaro festivalning bosh mukofotini olgan.

1988 yilda esa "Klinika" filmi uchun Lenin Komsomoli mukofotini qabul qilib olgan.

Rashid Malikovga savollaringizni matn ostidagi formani to‘ldirish yoki uzbek@bbc.co.uk manziliga imeyl yo‘llash orqali yuborishingiz mumkin.

Suhbat audio versiyasi va matni payshanba kuni chop qilinadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer