Xayrullo Hamidov nima uchun qamoqda o‘tiribdi, deb o‘ylaysiz?

Xayrullo Hamidov nima uchun qamoqda o‘tiribdi, deb o‘ylaysiz?

O‘zbekistondagi so‘z erkinligining ahvoli sizni qoniqtiradimi?

Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich Xayrullo Hamidov va qamoqdagi yana ikki jurnalistni ozod etishga chaqirishi ortidan BBC O‘zbek xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ayni mavzuda o‘quvchi va tinglovchilarni bahsga taklif etgandi.

Lekin tan olib aytishimiz lozimki, bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishni istaganlar barmoq bilan sanarli darajada oz.

Botirali, Odnoklassnikidan: "So‘z erkinligi bo‘lishi kerak. Lekin X. Hamidov ochiqdan-ochiq xalifalikni, jannatni borib kelganday ta‘riflardi, bu murakkab" masala degan fikrni qoldirgan.

Feysbukda esa Ibrohim Polvonov, "O‘zbekistonda qonun yo‘q. Konstitutsiya ertak kitobdan boshqa narsa emas. Og‘zingni ochishing bilan o‘zingni narigi dunyoda kurasan", deya fikr aytgan.

Biz "Ijtimoiy minbar"imizda ko‘tarilgan mavzuni, shuningdek, ushbu mavzu atrofidagi "fikrlar nofaolligi" nimadan dalolat berishi mumkin, degan savolni O‘zbekiston teleradiokompaniyasining sobiq jurnalisti Narzulla Oxunjonov bilan muhokama qildik.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02