BBC: Shotlandiya mustaqillikni tanlamaydi

Image copyright AFP

BBCning shu paytgacha e‘lon qilingan ma‘lumotlarga tayanib taxmin etishicha, referendum 55% ("Yo‘q") ga 45% ("Ha") natijasi bilan yakunlanadi va shotlandiyaliklar keyin Buyuk Britaniya tarkibida qolish uchun ovoz berishadi.

Mustaqillik referendumi Shotlandiyada kecha payshanba kuni o‘tkazilgan.

Shu paytgacha, ja‘mi 32 ta saylov markazidan 26 tasidagi ovozlar sanab bo‘lingan.

So‘nggi xulosa xuddi shu hisob-kitoblarga tayanadi.

Britaniya vaqti bilan tonggi soat 05:15da imkonli bo‘lgan ma‘lumotlar 1.397.000 dan ortiq odamning "Yo‘q", deb javob berganini ko‘rsatgan.

Shotlandiya mustaqilligini yoqlab ovoz berganlarning soni esa, o‘sha paytgacha bor-yo‘g‘i 1.176.00 kishidan ortgan, xolos.

Agar, foizga chaqilganda, bular, hozircha, 54 foiz "Yo‘q" va 46 foiz "Ha", degan ovozni anglatadi.

Mustaqillik g‘oyasining tantana qilishi uchun ja‘mi 1.852.828 ovoz lozim bo‘lgan.

Payshanba kuni mustaqillik referendumi 2 yillik targ‘ibot kampaniyasining mahsuli edi.

So‘nggi tafsilotlarni bilish uchun web sahifamizni kuzatib boring.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02