Euro 2020: Final va yarim finalga London mezbonlik qiladi

Image copyright sng

UEFA yakuniy so‘zini aytdi:

Hozirgina olingan xabarlarga ko‘ra, futbol bo‘yicha 2020 yilgi Ovro‘po chempionatining taqdirini hal qiluvchi uchrashuvlar "Uembley" stadionida bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi yangilik UEFA tomonidan rasman tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Glazgo va Dublin ham uch guruh bosqich saralash bellashuvlari va nimchorak finali uchrashuvlarini o‘zlarida qabul qiladi.

Futbol bo‘yicha 2020 yilgi Ovro‘po chempionatiga ja‘mi 13 Ovro‘po davlati mezbonlik qiladi.

Ularning orasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ham bor.

Xabarlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgda chempionatning guruh bosqich saralash bellashuvlari va chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Rossiyaning o‘zi esa, 2018 yilgi jahon chempionati mezboni sanaladi.

Qolgan sobiq MDH davlatlari orasidan mezbonlik sharafi faqat Ozarbayjon poytaxti Bokuga nasib etgan, xolos.

Boku ham Sankt-Peterburgga o‘xshab, bir chorak va uch guruh bosqich saralash uchrashuvlariga mezbon qiladi.

UEFA 2012 yilda futbol bo‘yicha Ovro‘po chempionatini bir yoki ikki davlatda emas, butun qit‘a bo‘ylab o‘tkazishga qaror qilgandi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02