Osiyo O‘yinlari: O‘zbekiston hisobida qo‘shaloq medal

Jami suratlar - O‘zbekiston terma jamoasi Inchondagi XVII Yozgi Osiyo O‘yinlarini ikkita bronza medali bilan boshladi. Sovrinli onlar fotolavhamizda.

O‘zbekistonlik sportchilar Inchondagi Yozgi Osiyo O‘yinlarining birinchi kunida sportning 11 turi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. O‘yinlarda O‘zbekiston hisobidagi ilk medalni esa, og‘ir atletika bahslarida Mahliyo Tog‘ayeva keltirdi.
Сурат тагсўзи,

O‘zbekistonlik sportchilar Inchondagi Yozgi Osiyo O‘yinlarining birinchi kunida sportning 11 turi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. O‘yinlarda O‘zbekiston hisobidagi ilk medalni esa, og‘ir atletika bahslarida Mahliyo Tog‘ayeva keltirdi.

Сурат тагсўзи,

Mahliyo tosh ko‘tarish bellashuvlarida 48 kilogramm vazn toifasida O‘yinlarning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Сурат тагсўзи,

Mahliyoning ortidan bugun tatamiga chiqqan dzyudochi Mirzohid Farmonov O‘zbekiston hisobidagi hozircha ikkinchi medalning muallifiga aylandi. Mirzohid 66 kilogram vazn toifasida tojikistonlik raqibi Rasul Abdusharipovni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Сурат тагсўзи,

O‘zbekistonlik boshqa bir dzyudochi Sharofiddin Lutfullayev esa, 60 kg. vazn toifasida bronza medali uchun kurashini yaponiyalik raqibiga yutqazib qo‘ydi.

Сурат тагсўзи,

Dzyudo bo‘yicha ayollar bahslarida Muqaddas Kubeyevaga ham omad kulib boqmadi: U dastlabki bahsidayoq hindistonlik raqibi Likmabam Shushila Deviga yutqazib, chorak finalga chiqa olmadi.

Сурат тагсўзи,

Bugun boshlangan sinxron suzish bo‘yicha juftlik musobaqalarida O‘zbekiston sharafini Yuliya Kim, Anastasiya Ruzmetova va Anastasiya Zdravkovskayalar himoya etishmoqda.

Сурат тагсўзи,

Bu - o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etayotgan oltinchi Osiyo O‘yinlari bo‘ladi. Ular shu paytgacha O‘yinlarda 54 ta oltin, 82 ta kumush va 93 ta bronza - ja‘mi 229 ta medal qo‘lga kiritishgan. 19 sentyabr kuni rasman start olgan Inchondagi O‘yinlarda O‘zbekiston sharafini 296 nafar sportchi, sportning 32 turi bo‘yicha himoya qilishi aytilgandi.

Сурат тагсўзи,

Inchondagi ochilish marosimi tantanalarida O‘zbekiston bayrog‘ini ikki karra Olimpiada O‘yinlari sovrindori, ikki karra jahon chempioni, Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan nomdor dzyudochi Rishod Sobirov stadion uzra olib o‘tdi.