Muxolifatchi ayoli: "Meni o‘zbek fuqaroligidan chiqarib yuborishibdi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston hukumatiga muxolif "Birdamlik" xalq harakati rahbari, hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Bahodir Choriyevning rafiqasi va 9 yoshli farzandi O‘zbekistonga kirtilmagan.

19 sentyabr kuni Toshkentga yetib kelgan Feruza Xurramovaga uning pasporti bekor qilingani aytilgan va u majburan uchoqqa o‘tkazilib ortga qaytarib yuborilgan.

"Menga fuqarolikdan chiqib ketgansiz, deyishdi. 2012 yilda qonun chiqqan, sizning pasportingiz bekor qilingan bu yerda, dedi. Qani o‘sha qonun, ko‘ray, desam, yo‘q, u qonun yonimizda yo‘q, deyishdi", - deydi u BBC bilan suhbatda.

Xurramova xonim o‘z marhum qaynotasining yil marakasini o‘tkazish, o‘z betob onasini ko‘rish va pasportini yangilash uchun vatanga kelgandi.

Uning aytishicha, unga besh yil davomida O‘zbekistonga qaytib kelmagani tufayli pasporti bekor qilingani aytilgan.

Muxolifatchining ayoliga ko‘ra, uning pasporti muddati bir oydan keyin tugaydi. Xurramova uning mamlakatga kiritilmagani sababini turmush o‘rtog‘ining siyosiy faoliyati tufayli deb biladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02