O‘shda o‘tkazilgan so‘rov nima uchun norozilik tug‘dirmoqda?

Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahri o‘zbek jamoasining qator faollari xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda berilgan ba‘zi savollardan norozilik bildirib, bayonot chiqarganlar.

2010 yilda ro‘y bergan etnik xunrezliklar ortidan xalqaro hamjamiyat Qirg‘iziston janubida barqarorlikni saqlab qolish, adolatni o‘rnatish va milliy kamsitishlarning oldini olish maqsadida turli loyihalarni o‘tkazib kelmoqda.

Lekin o‘zbek faollaridan Rashodxon Xo‘jayevning BBC bilan suhbatda aytishicha, bu kabi so‘rovlarni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02