Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Savchenkoga savol bering

Image copyright gazeta.uz

BBCUzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yuriy Savchenko javob beradi.

Yuriy Vasilevich Savchenko 1954 yilning 2 mayida Ukrainaning Jitomir viloyati Potiyevka qishlog‘ida dunyoga kelgan.

1976 yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Davlat Universitetining xalqaro aloqalar va xalqaro huquq bo‘limini bitirgan.

1976-1978 yillarda Sovet Armiyasida xizmatni Kongo Xalq Respublikasidagi harbiy tarjimonlar guruhida o‘tagan.

Kiyev politexnika instituti va Ukraina SSR "Bilim" jamiyatida ishlagan.

1996-1999 yillarda Ukraina Tashqi ishlar vazirligining Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘lishi boshlig‘i, 1999 yildan 2002 yilgacha Ukrainaning Shveytsariyadagi elchixonasi kotibi, 2002-2003 yillarda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Ikkinchi hududiy (g‘arbiy Ovro‘po) boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

2003 yildan 2010 yilga qadar Ukraina Vazirlar Mahkamasining xalqaro hamkorlik va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha siyosat boshqarmasining boshliq o‘rinbosari va boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

2010 yilning 22 dekabrida Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan.

Uylangan, ikki o‘g‘il va bir qizi bor.

BBC mehmoniga savollaringizni pastdagi maxsus forma orqali yo‘llang.

Savollaringizni shuningdek, Facebook va Odnoklassniki dagi BBCUzbek sahifalarida ham qoldirishingiz mumkin.

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk

Whatsapp raqamimiz: +44 78-58-86-00-02

Suhbatni juma kungi "Daraklar" dasturida tinglashingiz, uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.