Homid Karzayning o‘tgan 13 yillik boshqaruv davriga nazar

Homid Karzay 13 yil ichida muvaqqat hukumat, keyin o‘tish davri hukumati rahbari bo‘ldi, ikki bor esa, saylangan prezident sifatida faoliyat qildi. Oradan o‘tgan 13 yil uning qiyofasida o‘z izini qoldirdi.

Сурат тагсўзи,

Homid Karzay 13 yil oldin Afg‘onistonning muvaqqat jumhur raisi etib tayinlangandi. O‘shandan beri Karzay janoblari muvaqqat hukumat, keyin o‘tish davri hukumati rahbari bo‘ldi, ikki bor esa, saylangan prezident sifatida faoliyat qildi. Oradan o‘tgan 13 yil uning qiyofasida o‘z muhrini qoldira bordi.

Сурат тагсўзи,

2001 yil 5 dekabrida Olmoniyaning Bonn shahrida o‘tkazilgan yig‘inda Afg‘oniston hukumatini Homid Karzayga topshirish qarori olindi. Karzay janoblari bu xabarni Afg‘oniston janubidagi Uruzgon viloyatida oldi.

Сурат тагсўзи,

Homid Karzay o‘sha yilning 18 dekabrida Afg‘onistonning so‘nggi shohi bilan Rimda uchrashdi. Shoh Karzayga Qur‘oni Karim nusxasini hadya qildi.

Сурат тагсўзи,

2001 yilning 22 dekabrida Homid Karzay Afg‘onistonning jihodiy rahbarlari va siyosatchilari huzurida qasamyodga keltirildi. Tolibon hukumati ag‘darilishi ortidan qudratni qo‘lga olgan Burhoniddin Rabboniy vazifani Homid Karzayga topshirdi. Afg‘oniston tarixida ilk bor qudrat tinch yo‘l bilan boshqa bir prezidentga o‘tdi.

Сурат тагсўзи,

Bir yildan so‘ng, u favqulodda chaqirilgan Loya Jirgada ishtirok etib, ovoz berdi. Jirgada Homid Karzay Afg‘onistonning o‘tish davri hukumati rahbari o‘laroq qabul qilindi.

Сурат тагсўзи,

Bir muddat muvaqqat, yana bir muddat o‘tish davri hukumatini boshqarishi ortidan Homid Karzay Afg‘onistonda o‘tgan 2004 yilgi ilk prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘ydi. U 17 raqibni yengib, saylovda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Сурат тагсўзи,

Shunday qilib, Homid Karzay 2004 yil dekabrida Afg‘oniston prezidenti sifatida qasamyodga keltirildi. Karzay janoblari mamlakatda keng tarqalgan korruptsiya, milliy birdamlik hukumati tuzish, davlat muxoliflari bilan murosaga borish va xavfsizlik kuchlarini tashkil qilish kabi qator muammolar qarshisida qolgandi.

Сурат тагсўзи,

Afg‘oniston hukumati Amerikaning qiruvchi uchoqlari yordamida barpo etildi. Ammo, Homid Karzay hukumati davrida ikki mamlakat orasidagi munosabatlar pastu balandliklardan iborat bo‘ldi. Mana bu rasm 2006 yil Amerika prezidentining Afg‘onistonga qilgan safari chog‘i olingan.

Сурат тагсўзи,

Karzay janoblari hukumat tepasida ekan, prezidentlik saroyida viloyatlar rahbarlari va qavmlar oqsoqollari bilan ko‘plab yig‘inlar o‘tkazdi. Afg‘onlar orasida milliy birdamlikni qaror toptirishga harakat qildi.

Сурат тагсўзи,

Homid Karzay Afg‘onistonning turli viloyatlariga turfa rejalar bilan safar qildi. Karzay janoblari 300 mingdan ortiq askari bo‘lgan afg‘on xavfsizlik kuchlarini uchrasharkan, ularni kuchli va jasur deya olqishlagandi.

Сурат тагсўзи,

Janob Karzay aksar paytlar qavm boshliqlari, mujohidlar va din olimlari bilan uchrashib, Afg‘onistonning xorijiy davlatlar bilan aloqalari haqida ularga ma‘lum qilib turardi.

Сурат тагсўзи,

Homid Karzay 2009 yilgi prezidentlik saylovlarida ham ishtirok etdi. Turli bahsu munozaralar, tortishuvlarga sabab bo‘lgan saylovda ham u g‘olib deya e‘lon qilindi va yana bir davra prezident sifatida faoliyat yuritdi.

Сурат тагсўзи,

Homid Karzay prezidentlik davrida ko‘plab xorijiy davlatlarga rasmiy safarlar bilan bordi, dunyo rahbarlari bilan uchrashdi. U bir mamlakat bilan do‘stlik boshqasiga ziyon yetkazmaydi degan siyosat asosida ko‘plab mamlakat bilan aloqalar o‘rnatishga harakat qildi.

Сурат тагсўзи,

Ikki tomon va uch tomon ishtirokidagi yig‘inlarda janob Karzay qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga urindi. Pokiston, Eron, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan terrorga qarshi kurashga qaratilgan yig‘inlarda qatnashdi.

Сурат тагсўзи,

2011 yil Homid Karzay ikkinchi Bonn yig‘inida ishtirok etdi. U Afg‘onistonning o‘tgan 10 yillik yutuqlarini xalqaro davlatlar bilan birga ko‘rib chiqdi va mamlakatning kelajakdagi ehtiyojlari bo‘yicha turli talablarni ilgari surdi.

Сурат тагсўзи,

Homid Karzay mamlakat ichkarisida ham parlament va adliya tizimi bilan munosabatlarini yaxshilashga urindi. Ammo, uning parlament bilan aloqalari doim ziddiyatli bo‘lib kelgan.

Сурат тагсўзи,

Karzay janoblari 2014 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etib, ovoz berdi.

Сурат тагсўзи,

Ammo, Afg‘onistonning so‘nggi saylovlari janjalli bo‘ldi. Amerika va Birlashgan Millatlar Tashkiloti raqib nomzodlar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklarni hal qilish uchun o‘rtaga tushishdi. Nihoyat ikki nomzodni milliy birdamlik hukumati tashkil qilishga ko‘ndirdilar. Homid Karzay ham Afg‘onistondagi mujohid rahbarlar va davlat mulozimlari bilan uchrashib, ikki nomzod o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga hissa qo‘shdi.

Сурат тагсўзи,

Ikki nomzod milliy birdamlik hukumati barpo etishga kelishar ekan, Karzay ularni muborakbod etdi va kelgusi hukumatga bir fuqaro sifatida yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. Bu surat ikki nomzod orasidagi kelishuvdan so‘ng olingan.