Hindiston endi Marsga "oyog‘i yetgan"lar orasida

Hindiston sun‘iy yo‘ldoshini Mars sayyorasi sari muvaffaqiyatli uchira olgan to‘rtinchi mamlakat bo‘ldi.

"Mangalyan" fazo kemasini uchirish nisbatan o‘ta arzonga tushgani aytiladi. "Mangalyan" tez orada "qizil sayyora" orbitasida ilmiy izlanishlarni boshlaydi.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga ko‘ra, mamlakat "qariyb imkonsiz" maqsadga erisha olgan.

Bangalor shahrida joylashgan Fazo tadqiqotlari markazida gapirgan Modi janoblari: "Dunyoda 51 urinishning bor-yo‘g‘i 21tasi muvaffaqiyatli kechgan. Biz g‘alaba qildik", deb aytgan.

Faqat Qo‘shma Shtatlar, Ovro‘po va Rossiya Marsga sun‘iy yo‘ldosh yo‘llay olgan. Biroq, Hindiston birinchi urinishdayoq muvaffaqiyat qozongan birinchi mamlakatdir.

AQShning so‘nggi sun‘iy yo‘ldoshi "Maven" Marsga dushanba kuni yetib borgandi.

Amerikaning NASA fazo agentligi Hindistondagi hamkasblarini chorshanba kungi yutuq bilan tabriklagan.

(Video izohsiz berilmoqda)

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02