#O‘zbek trendi olamida nima yangilik?

Bugun Twitter olami ham yangilik manbaiga aylanib ulgurdi, BBC BBCTrending loyihasi doirasida Twitter dagi asosiy mavzularga e‘tibor qaratib bormoqda.

Xo‘sh, bugun #uzbek #o‘zbek #o'zbek #uzbek trendlari ostida qanday yangiliklardan boxabar bo‘lish mumkin?

#uzbek trendidagi yangiliklarning anchasi inson huquqlarini himoya qilish xalqaro Human Rights Watch tashkilotining O‘zbekistondagi siyosiy mahkumlarning ahvoliga bag‘ishlab e‘lon qilgan yangi hisobotini tanlagan.

Qator Twitter foydalanuvchilari BBC Jahon xizmatining ushbu mavzudagi ingliz tilidagi maqolasini "Twitterdoshlari" bilan bo‘lishganlar.

Twitter foydalanuvchisi Jimmy @A_Rizvi110 Pokiston rasmiylarining Shimoliy Vaziriston haqidagi xabarini tarqatgan.

Pokiston xavfsizlik rasmiylari Shimoliy Vaziristonning Datta Hel degan joyini AQShning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i raketa hujumiga tutgani haqida xabar berganlar.

Datta Helning Alvara Mandi degan hududida bir avtomobil nishonga olingan, oqibatda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan.

Ulardan ikki nafari o‘zbek jangarisi bo‘lgan, deb aytgan Pokiston rasmiylari.

Twitter foydalanuvchisi James Errington @weejay Xitoydagi shifoxonaga tushib qolgan o‘zbekistonlik yosh ayolga yordam berishni so‘ragan.

@Elshad_Babaev esa Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o‘zbek qo‘lida pichoq bilan politsiyalarga hujum qilganidan keyin hibsga olingani haqida xabar qilgan.

@incanewsTurk Suriyada jang qilayotgan o‘zini "Imom Buxoriy" guruhi deb atagan o‘zbek jangarilari yangi videosini e‘lon qilgani haqida xabar tarqatgan.

Va Twitter olamidagi ko‘plab o‘zbekistonliklarni Inchondagi o‘yinda O‘zbekiston Saudiya Arabistonidan 3:2 hisobida yutqizgani g‘azablantirganini ham kuzatish mumkin.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer