Moskvaga yaqin Vengriya ham Ukrainaga gazni uzib qo‘ydi

Image copyright .
Image caption Viktor Oban Rossiyaparast ovro‘polik rahbarlardan biridir

Vengriya gaz quvurlarini boshqaruvchi "FGSZ" shirkati qo‘shni Ukrainaga gaz ta‘minotini uzib qo‘ygan.

Rossiya to‘lanmagan qarzlar tufayli Ukrainaga gaz ta‘minotini uzib qo‘yishi ortidan Ukraina gazni Vengriya, Polsha va Slovakiyadan olib kelayotgandi.

Ukraina davlatiga tegishli "Naftogaz" shirkati Vengriyaning bu amalini "kutilmagan va izohlanmagan" harakat deya tasvirladi.

"FGSZ" o‘z ichki bozori uchun gaz ta‘minotini oshirish maqsadida Ukrainaga gazni uzib qo‘yayotganini aytdi.

Mazkur qaror Budapeshtda Vengriya Bosh Vaziri Viktor Oban va Rossiyaning "Gazprom" shirkati rahbari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan uch kun o‘tib olinmoqda.

Vengriya bosh vaziri Moskva bilan yaqin aloqalarda bo‘lib keladi va Ovro‘po Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanktsiyalarini keskin qoralagan.

Avvalroq "Gazprom" va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin agar Ovro‘po Ittifoqi a‘zolari Ukrainaga gaz uzatsa, bu ularga qimmatga tushishini aytib ogohlantirgandi.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer