BBC mehmoni shoira Shamsiyaga savol bering

Shoira va jurnalist Shamsiya Xudoynazarova Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tug‘ilgan.

1998 yil O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini bitirgan.

Jurnalistik faoliyatini O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining radiosida boshlagan.

2013 yilgacha "Yoshlar" radiokanalining "Ma‘naviyat" tahririyatida ishlagan.

Shoira Shamsiyaning bir necha she‘riy kitoblari nashr qilingan.

Shamsiya "Mahbub kuylar" kitobida o‘ziga xos ijodiy eksperimentga qo‘l urgan: kitobda shoiraning 10 dan ortiq she‘riy shakldagi ijodi mahsulotlari jamlangan.

Shoira baxshiyona usuldagi, hajviy yo‘nalishdagi she‘rlar, sonet bilan birga g‘azal, tuyuq, ruboiy, chiston, muxammas va muassas uslublarida o‘zini sinab ko‘rishga ahd qilganini aytadi.

Bir necha yil oldin Shamsiya jurnalist sifatida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va Fitratlar haqida radioeshittirish tayyorlamoqchi bo‘lganida, "Yoshlar" radiokanali Ma‘naviyat bo‘limi rahbarining "bular haqida eshittirish tayyorlash mumkin emas" degan gapidan iztirobga tushganini aytgan.

Shoira va jurnalist Shamsiyaga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini juma kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02