Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hojatxonadan to‘kin dasturxonga

Haitida kanalizatsiya tarmog‘i yaxshi rivojlanmagan. Shu bois odamlar o‘yma yoki xandaqli hojatxonalardan foydalanishadi.

Ammo to‘rt yil oldingi zilzila barcha shahar-qishloqlarda xavfsiz tualetlar qurishga noqobil bu mamlakatni xarob ahvolga keltirib qo‘ydi.

Tabiiy ofat ortidan mamlakat bo‘ylab vabo va terlama kabi qaqshatqich kasalliklar tarqaldi.

Chunki hojatxona xandag‘idagi najosat yergi singib, yerosti ichimlik suvini ifloslantirgan.

Tabiiy ravishda yetarlicha filtrlanmagan suvni ichgan odamlar esa og‘ir kasalliklarga chalina boshlashgan. Taxminlarga ko‘ra, iflos suvni ichgan 9 ming odam olamdan o‘tgan.

Lekin endi maxsus hojatxonalar qurilmoqda. Odamlar har safar foydalanganda, hojatxonaga shakarqamish qipig‘i tashlab, inson chiqindisidagi kasalliklarni jilovlashmoqda.

Mahalliy kommunal xizmatlar esa bu najosatni vaqti-vaqti bilan yig‘ishtirib olib, maxsus go‘ngxonalarga olib boradi. U yerda esa yuqori haroratda qizdirib, xavfli bakteriyalarni o‘ldirishadi.

Shu asno xavfli chiqindi foydali pora-o‘g‘itga aylantirilmoqda.

Fermerlarga ko‘ra, turli minerallarga boy bu go‘ng qo‘shilgan ekinlar yaxshi hosil bermoqda. Ayni damda, kasalliklar ham jilovlanayapti.

Xullas, kanalizatsiya bo‘lmagan holatda xandaqli hojatxona xavfi ana shunda kamaytarilmoqda.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02