Hayit qilasizmi yo paxta terasizmi?

Image copyright none
Image caption O‘zbekiston: Odamlarni paxta terishga undaydigan tashviqot suratlaridan biri

Dunyo musulmonlari Qurbon Hayitini nishonlash taraddudida ekan, O‘zbekistonda yuz minglab odamlar paxta terishga majburlanmoqda.

Odatda, musumlonlar uch kun hayitni nishonlaydilar. Arafani ham qo‘shib hisoblaganda, to‘rt kunlik bayram sanaladi.

Diniy bu bayramning musulmonlar amal qilishi kerak bo‘lgan o‘z talablari bor.

Ammo paxta dalasida ularni bajarish imkonlimi?

Yoki insonning diniy bayramini o‘z oilasida va o‘zi istaganicha bajarishiga to‘sqinlik qilib, uni paxtazorda tutib turish qanchalik insoniy amal?

O‘zbekistonda paxta terish uchun yotoqqa olib ketilgan talaba va byudjet tashkilotlari xodimlari uch kunlik hayitni nishonlash uchun uylariga, oilalari bag‘riga qaytarilishi kerakmi?

Ham nasroniy, ham musulmon olamida hatto davlatchiligi dunyoviy bo‘lgan mamlakatlar ham o‘z aholisi diniga qarab, Iso Mavludi yoki Ramazon hamda Qurbon Hayitlari kabi katta diniy bayramlarda odmlar uchun sharoitlar yaratib, dam olish kunlari va erkinlik berishadi.

O‘zbekistonda ham hayit - dam olish kuni. Biroq paxta dalasiga olib ketilgan yuz minglab odamlar o‘zlari istagancha diniy bayramlarini bajarishga qodirmilar?

O‘zbekiston hukumati Qurbon Hayitida paxtazorda qolayotganlarga qanday yengillik yaratishi kerak?

Ularning Arafa va Hayit amallarini ota-onalari, bola-chaqalari hamda qarindoshlari bag‘rida bajarishlariga imkoniyat berish lozimmi?

Siz Hayit kuni paxta terarmidingiz yoki e‘tiqodingiz buyurgan bayramni risoladagidek bajargan bo‘larmidingiz?

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02