Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Karimov Islomga yuz burmoqdami?

1 oktyabr kuni Toshkent markazida uch ming kishiga mo‘ljallangan "Minor" masjidini ochib bergan Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning barcha mintaqalaridan namozxonlarni yangi masjidga kelib, namoz o‘qishga da‘vat qilgan.

Islom va musulmonlarga nisbatan qattiqqo‘lligi bilan nom chiqargan O‘zbekiston rahbari Toshkentdagi yangi masjid qurilishining bosh homiysi va bir ma‘noda me‘mori ham bo‘lgan.

Ayni paytda inson huquqlari tashkilotlari Prezident Karimovni mamlakatdagi yuzlab masjidlarni yopib qo‘ygani va minglab musulmonlarni qamoqqa tashlagani uchun tanqid qilishadi.

Xo‘sh, "Minor" masjidining qurilishi va janob Karimovning musulmonlarga qaratilgan iliq so‘zlari uning Islomga nisbatan mavq‘ei o‘zgarayotganini anglatadimi?

BBC Istanbuldan o‘zbek muxolifati faoli va islomshuro.com web sahifasi asoschisi Namoz Normo‘min bilan suhbatlashgan.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02