Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Makkai Mukarramada Haj marosimi boshlandi

Ikki millionga yaqin musulmon Saudiya Arabistonining Makka shahrida yillik Haj marosimini boshlagan.

Bu yilgi haj marosimiga ikki halokatli kasallik - Ebola va Mers viruslari xavf soldi.

Saudiya rasmiylari ebola keng tarqalgan Afrikaning uch mamlakati fuqarolariga ehtiyot chorasi sifatida Haj ziyoratini taqiqlab qo‘ydi.

Haj ziyoratining ilk kunida musulmonlar Makkai Mukarramadan Mino vodiysiga yo‘l olishadi va tunni u yerda ibodat bilan o‘tkazishadi.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02