Janubiy Qofqozning "yo‘qotilayotgan" qizaloqlari

Image copyright none
Image caption Armanistonda 30 haftaga qadar homilani ultratovush orqali tekshirishga taqiq o‘rnatish masalasi ko‘rilmoqda

Joylarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazar ekansiz, bundan keyin sizni hech narsa hayratga sololmaydiganday tasavvur paydo bo‘ladi.

Chunki, kutilmagan hikoyalarni eshitasiz, o‘ta g‘ayrioddiy vaziyatlarga guvoh bo‘lasiz. Boshida o‘zingizga begona ko‘ringan holatlar kundalik hayotingizning bir qismiga aylanadi.

Keyin esa... hayratdan yoqa ushlaydigan holat ro‘y beradi.

Men uchun bunaqa holat jinslar huquqlarini himoya qiluvchi PINK Armaniston tashkiloti a‘zosining shunchaki aytgan so‘zlari bilan uyg‘ondi.

"...biz qiz homilalarni olib tashlaymiz, ayni sohada biz Xitoy va Hindistonni ortda qoldirdik..."

Mening dahshatga tushganimni ko‘rib, u: "Siz bu haqda eshitmagandingizmi", deb so‘radi. Yo‘q. Men bu haqda bilmas edim.

Keyinroq, men buni "bilmasligimda" yolg‘iz ekanimni bildim. Armanistonda har 114 o‘g‘il bolaga 100 nafar qiz bola to‘g‘ri kelishi ta‘bir joiz bo‘lsa "eng oshkora sir" ekan.

Shunda ham, Janubiy Qofqozda Armaniston ayni soha bo‘yicha boshqa davlatlardan ajralib turmas ekan.

Ozarbayjonda 112 o‘g‘il bolaga 100 nafar qizaloq to‘g‘ri kelsa, Gurjistonda bu ko‘rsatkich 105:100.

Bunaqa holat sabablari haqida so‘raganimda hozirjavoblik bilan "erkaklarning qudratli jamiyat" qadriyatlari haqida aytishdi.

Buning ustiga, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida urush holati va ... askarlar har ikki davlat uchun muhimroq ekani urg‘ulandi.

Image caption Melani Krebs 2010-yilda Berlindagi Gumbolt Universiteti Markaziy Osiyo Tadqiqotlari bo‘limida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan

Boshqa tomondan, abort va yo homilani sun‘iy yo‘lda oldirish oilani rejalashtirish siyosatining tabiiy yo‘li sifatida e‘tirof etilar ekan.

Janubiy Qovfozda 12 haftagacha bo‘lgan va yo boshqa salomatlik vajlari bilan kechroq ham homilani tibbiy yo‘lda olib tashlash hamon qonuniy sanaladi.

Shunda ham aksariyat o‘z salomatligi va hayotini xavf ostiga qo‘yib 12 haftadan o‘tgan homilani oldirishga majbur...

Shaharlarga borib maxsus tibbiy tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlardan yordam so‘rash esa aksar qishloq ayollari uchun juda qimmat... Bu esa o‘lim va yo bepushtlik hamda boshqa salomatlikka xatarlar ehtimolini oshiradi.

Ayollar esa, xotin - qizlar huquqlari himoyachisi va film prodyuseri Adrine Gregoryanga ko‘ra, homilani oldirib qattiq ruhiy bosim ostida yashashga majbur.

Yerevandagi shifokorlardan biri esa ochiqchasiga, "Bilasizmi, bizning ayollar homiladorlikdan saqlanishning zamonaviy yo‘llariga o‘rganishmagan, Sho‘rolar davrida eng ma‘qul yo‘l deb homilani oldirish sanalgan.

Ammo, u davrlar farzandni voyaga yetkazish qiyin emas edi, shuning uchun serfarzand edi odamlar... Hozir esa odamlar faqat bir va yo ikki farzand ko‘rishadi. Shuning uchun, aksriyat o‘g‘il bola ko‘rishni istaydi", dedi.

Statistikaga qaralsa, birinchi farzand qiz bo‘lsa ham o‘g‘il bo‘lsa ham oilada ikkinchi farzandga ko‘ra ko‘proq e‘zozlanadi. Ikkinchi farzand ko‘rishda esa asosan o‘g‘il bolalar "tanlanadi".

Boshqa bir sabab, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida ziddiyat bilan bog‘liq.

Urush holat tufayli har ikkala davlat ham askarlarga muhtoj ekani bahonaga aylangan.

Ammo, qo‘shni Eronda ham askarlar o‘rni alohida qadrlanadi, biroq u yerda homilani oldirish "an‘anasi" bu qadar keng tarqalmagan.

Sobiq Sho‘ro davlatlarida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda ham "erkaklar ustivor jamiyat"lar mavjudligi sir emas.U yerda ham tug‘ilish darajasi ortib bormoqda.

Ammo, Janubiy Qofqozdagi holat, ya‘ni o‘g‘il homilalarni qadrlab, qizlarni "yo‘q qilish" an‘anasining bu o‘lkalarga ham tarqalishi xavfi bormikan?

Image copyright none
Image caption Statistikaga qaralsa, birinchi farzand qiz bo‘lsa ham o‘g‘il bo‘lsa ham oilada ikkinchi farzandga ko‘ra ko‘proq e‘zozlanadi. Ikkinchi farzand ko‘rishda esa asosan o‘g‘il bolalar "tanlanadi"

Armanistonda hozir homilaning jinsi haqida ota-onalarga aytmaslik borasida qonun muhokama qilinmoqda. Hatto, 30 haftaga qadar homilani ultratovush orqali tekshirishga taqiq o‘rnatish masalasi ko‘rilmoqda.

Bu, albatta, homilani hatto salomatlik vajidan ham oldirishni mushkullashtiradi, ammo jamiyatda o‘g‘il bolalar qizlardan ko‘ra ko‘proq qadrlanishi bilan bog‘liq muammoni yechishi dargumon.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02