Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Kobane ustida "Islomiy Davlat" bayrog‘i

Turkiya chegarasiga yaqin Suriyaning Kobane shahri ustida "Islomiy Davlat" guruhining qora bayrog‘i paydo bo‘lgan.

BBC suhbatlashgan rasmiylarning aytishlaricha, Kobane shahri yaqin orada "Islomiy Davlat" qo‘liga o‘tishi mumkin.

Kobane uchun janglar uch haftadan buyon davom etmoqda.

O‘tgan hafta Turkiya kurdlar shahri bo‘lgan Kobanening "Islomiy Davlat" nazoratiga o‘tishi oldini olishga va‘da bergan va Turkiya parlamenti Iroq va Suriya hududlarida harbiy amaliyotlar o‘tkazishga ruxsat berdi.

Turkiya o‘zining Suriyaga chegaradosh hududlarini tozalashga qaror qilgan, bu "tozalash" ichiga BBCning tasvirga olish guruhi ham tushib qolgan.

Chegara hududidan BBC muxbiri Pol Adams videolavhasi.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02