Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Avtomobillar paradida yangi rekord o‘rnatildi

Meksikada klassik avtomobillar ishqibozlari yangi rekord o‘rnatib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdilar.

Bu klassik avtomobillarning eng yirik paradi bo‘lgan.

Paradda 1721 dona eski avto ishtirok etgan.

Ular orasida yaltirab turgan "Mustang"lar, "Kadillak"lar, rosa yasatilgan Folksvagen "Bitlz"lari bo‘lgan.

Bundan oldingi eski avtomobillar paradi rekordi 2002 yilda o‘rnatilgan, unda 948 ta ishtirokchi qayd etilgan.

Meksiko Sitida yo‘lga tizilganida, klassik avtomobillarning safi 5 kilometr 600 metrga cho‘zilgan.

Paradni 250 ming kishi tomosha qilgan.

Sharhsiz video.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02