Miyaning "GPS" ini kashf qilganlarga Nobel mukofoti

Tibbiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti miyaning "GPS tizimi"ni kashf qilgan olimlarga berildi.

Britaniyalik tadqiqotchi professor Jon O'Kif, va norvegiyalik olimlar, zru xotin Mey-Brit Mozer va Edvard Mozerlar bu yilgi mukofotni o‘rtada baham ko‘rishadi.

Bu kashfiyot inson miyasi qanday qilib qayerda ekanligimiz va bir yerdan boshqa yerga qanday qilib yo‘l topib bora olishimiz mexanizmini ochib bergan.

Bu kashfiyot Altsgeymer kasalliga chalingalar nima uchun yon-atrofni taniy olmasliklari sababini ham tushunishga yordam berishi mumkin.

Nobel mukofoti Qo‘mitasining aytishicha, bu kashfiyot - asrlar mobaynida faylasuf va olimlarni o‘ylantirib kelgan muammoni yechishdir.

Professor O'Kif 1971 yili miyaning yon-atrofni aniqlash tizimining dastlabki qismini aniqlangandi.

U o‘tkazgan tajribada xonaning muayyan yeriga qo‘yilgan kalamushning har gal miyasidagi aniq bir hujayralar ishga tushganligini ko‘rsatgan.

Xonaning boshqa yeriga qo‘yilgan vaqti esa miyadagi boshqa hujayralar ishga tushgan.

O‘shanda professor O'Kif bu hujayralar miyada o‘ziga xos xaritani tuzishini taxmin qilgandi.

2005 yili er-xotin Mey -Brit va Edvard Mozerlar miyadagi masofani aniqlab, yo‘nalishni ko‘rsatuvchi hujayralarni aniqlashdi.

Bu kashfiyotni ba‘zilar inqilobiy, deya atashmoqda.

Bundan avvalgi tibbiyot sohasidagi Nobel mukofotlari:

2013 - Jeyms Rotman, Randi Shekman va Tomas Sadhof hujayrlar qanday qilib ma‘lumot va moddalarni tashishlari borasidagi kashfiyotlari uchun

2012 - Jon Gurdon va Shinya Yamanaka o‘zak hujayralari bilan bog‘liq tadqiqotlari uchun. Ular rivojlangan hujayrani qayta o‘zak hujayraga aylantirishga muvaffaq bo‘lganlar.

2011 - Bryus Byutler, Juls Xoffman va Ralf Shteynman inson jismi qanday qilib virusga qarshi kurashini ochiqlab berganlari uchun.

2010 - Robert Edvards 1978 yili sun‘iy yo‘lda homila paydo qilish yo‘lini topgani uchun.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer