Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya rubli keskin tushib ketdi

Rossiyada rublning qiymati keskin tushib ketgan.

Dushanba kuni ertalab Moskva birjasida bir dollar 40 rubldan ko‘proqqa sotilgan.

Bunga qisman g‘arbning Ukraina tufayli Rossiyaga qarshi kiritgan jazo choralari sabab deyilmoqda.

Shuningdek, jahonda neft narxining tushishi ham rublning qadrsizlanishiga olib kelgan.

Yil boshidan buyon rubl 20 foizdan ko‘proq tushgan.

Ostonadagi Ovrosiyo Unisversitetidan Saparboy Jubayevning aytishicha, rublning tushishi Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun yaxshi yangilik emas.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02