Prezident Putin kimlarni "mahv" etmoqda?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hech zamonaviy davlat rahbarining afsonaviy Gerkulesga qiyos berilganini ko‘rganmisiz?

Bu yana qanaqasi bo‘ldi ekan-a, desangiz, hamma gap janob Putinning tug‘ilgan kuniyu Moskvada tashkil etilgan ko‘rgazmada...

Image copyright BBC World Service

Har gal prezident Putinning tug‘ilgan kunida Rossiyada g‘alati narsalar yuz beradi.

Noodatiy bo‘lgan mana bu ko‘rgazma so‘zlarimga yana bir misol bo‘la oladi.

Image copyright BBC World Service

Unda Rossiya prezidenti kimsan afsonaviy Gerkulesga muqoyasa qilinadi.

Ko‘rgazmaning o‘zi esa, "Vladimir Putin tarafdorlari" guruhi tomonidan tashkil qilingan.

Image copyright BBC World Service

Agar, xotirangizda bo‘lsa, Gerkules Olimp Xudosi Zevsning o‘g‘li.

Yunon afsonasida zimmasiga yuklangan 12 ta mashaqqatli yumushi bilan ham yodda qolgan.

Image copyright BBC World Service

Moskvadagi ko‘rgazmada esa, Vladimir Putinning Kremldagi faoliyati afsonaviy Gerkules tortgan mashaqqatlarga qiyos beriladi.

Devid Kamerun yoki Barak Obama afsonaviy qahramonlarga tenglashtirilgan bu kabi antiqa ko‘rgazmalarni London yoki Vashingtonda tasavvur qilish qiyin.

Image copyright BBC World Service

Ammo Rossiya farqli. 15 yillik boshqaruvi davomida, muayyan ma‘noda, janob Putin shaxsiga sig‘inish ham shakllanib ulgurgandek.

Rasmiy Kreml esa, bu kabi hollarga umuman aloqasi yo‘qligini aytib keladi.

Image copyright BBC World Service

Biroq Rossiya hukumati tanqidchilarini bunga ishontirish qiyin.

Lekin rosti shuki, G‘arbning ustma-ust sanktsiyalariga qaramay, Vladimir Putin rossiyaliklar orasida ko‘plab G‘arb rahbarlari va hatto, Gerkules ham havas qilish darajasida obro‘ va dastakka ega, deydi Moskvadagi muxbirimiz Stiv Rozenberg.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02