Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Gulistonlik talaba paxtada jon berdi

Inson huquqlarini himoya qilish "Ezgulik" jamiyati tarqatgan bayonotga ko‘ra, Guliston Davlat Universitetining paxta terimiga jalb etilgan talabasi olamdan ko‘z yumgan.

Fizika matematika fakultetitining ikkinchi kurs talbasi Shamsiddin Bobosaidov sentyabr oyi boshida paxtaga olib ketilgan.

O‘tgan chorshanba kuni esa uning ota-onasiga "yuragi to‘xtab qoldi", deb qo‘ng‘iroq qilishgan.

Shamsiddinni o‘likxonaga borib ko‘rgan ota-onasi uning badanida "qattiq kaltak izlari" borligini aytganlar.

BBC hodisa tafsilotini o‘rgangan, "Ezgulik" faoli Abdurahmon Tashanovga bog‘landi.

Suhbatni tinglang.