"Paxtaga majburlagan shaxsga qarshi sanktsiya joriy qiling!"

O‘zbekistondagi o‘tgan yilgi va joriy paxta mavsumini kuzatib kelayotgan AQShning Mehnat vazirligi o‘zining yangi hisobotini e‘lon qilgan.

Vazirlik O‘zbekiston hukumatidan majburiy mehnat siyosatini qoralashni, bola mehnatiga mas‘ullarni javobgarlikka tortishni tavsiya etgan.

Rasmiy Toshkent ratifikatsiya qilib o‘z bo‘yniga olgan xalqaro hujjatlar ijrosi va haqiqiy vaziyatni baholagan vazirlikka ko‘ra, "O‘zbekiston bola mehnatining eng yomon tomonlarini bartaraf etishda hech qanday siljishga erishmadi".

AQSh Mehnat vazirligi o‘z hisobotining xulosasini ingliz va o‘zbek tillarida e‘lon qilgan.

O‘zbek tilidagisida nega O‘zbekiston hukumatining eng yomon ko‘rinishdagi bola mehnatini bartaraf etishda oldinga siljishga erishmagani haqidagi to‘xtamga kelganini shunday tushuntirgan:

"Bola mehnatini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan tashabbuslariga qaramay, O‘zbekiston hukumati ushbu bahoni bola mehnatidan davomiy ravishda foydalanishi tufayli oldi", deyiladi Amerika Mehnat vazirligi hisobotida.

2013 yil paxta mavsumi payti Xalqaro Mehnat Tashkiloti kuzatuvchilarining hozirligiga qaramasdan, davlat rejasini bajarish maqsadida O‘zbekiston hukumati bolalarni paxta terishga safarbar qildi, deyiladi hisobotda.

Hukumat o‘tgan yili yoshi 15 dan kichik bolalarni o‘qishda bo‘lishlarini ta‘minlashga harakat qilgan bo‘lsa-da, AQSh elchixonasi va nohukumat tashkilotlar xabarlarida 10 yashar bolalar paxta tergani aniqlandi, deyiladi hujjatda.

AQSh mehnat vazirligi Xalqaro Mehnat Tashkiloti kuzatuvchilariga hukumat rasmiylari hamrohlik qilganini, oliy o‘quv yurtlari davomatida ko‘p sondagi talabalar yo‘qligi, paxta terayotgan bolalar sonini kamaytirib ko‘rsatishga harakat bo‘lganini qayd etgan.

Vazirlik o‘z hisoboti 2014 yilgi paxta mavsumiga to‘g‘ri kelganini aytgan va O‘zbek hukumati paxta yetishtirishda hamon majburiy mehnatdan foydalanishni davom ettirayotganini ta‘kidlagan.

"Bola mehnatini taqiqlash butun mamlakat bo‘ylab 18 yoshli kollej o‘quvchilari, universitet talabalari, davlat va xususiy sektordagi ishchilarga bosimni kuchaytirgan", deyiladi hisobotda.

AQSh mehnat vazirligi O‘zbekistonda bola mehnatini bartaraf etish yo‘lida qator tasviyalarni bergan, xususan, ulardan biri "18 yoshga yetmagan bolalarni paxta terimiga majburlagan, maktablarni yopishga javobgar shaxslarga qarshi sanktsiyalar kiritish"ni taklif qiladi.

Your contact details
Disclaimer