Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Antibiotiklar samarasiz bo‘lib bormoqda

Bugungi kunda antibiotiklar o‘z samarasini yo‘qotib, bakteriyalarning antibiotiklarga chidamli bo‘lib borayotgani katta e‘tibor qaratilishi lozim bo‘lgan xalqaro ahamiyatdagi muammoga aylanib ulgurgan.

Angliya Omma sog‘lig‘ini saqlash bo‘limi chiqargan yangi hisobotga ko‘ra, Angliyada ham bu holat sezilarli darajada o‘sib borayotgan ekan.

Antibiotiklar meditsinadagi eng muhim kashfiyotlardan biri va millionlab insonlar hayotini saqlab qolgan vosita sifatida ko‘riladi.

Biroq, keragidan ortiq foydalanish inson organizmi uchun bu dorilarning samarasiz bo‘lib qolishi va bakteriyalarning antibiotiklarga chidamli shaklga kirayotgani yuzasidan xavotirlar oshib bormoqda.