Eskirgan bo‘lka va yo pishmagan palov orzusi haqida paxtakor talabaning maktubi

Paxta dalasiga 2014 yili 11 sentyabr kuni kelgan edik.

Ertasiga paxta terishga bordik avvaliga xammasi o‘z o‘rnida edi. Paxtani bo‘yi belingdan ikki qarich past keladi.

Birinchi terimni bir iloj qilib terdik.

Shiyponda domlalar xar kuni soat 9 da yig‘ilish o‘tkazib, kim qancha tergani, kam terganlarni razbor qilardi.

Eng kam paxta normasi 60 kg bo‘lishini va nima uchun kam terganini so‘rar edi...

Agar kam tersa paxta tugashi bilan studentni semestrda bahosini past qo‘yib sarson qilishi, qayta-qayta takror qildirib itday yugurtirishini domlalar aytishadi.

5- kuni paxta shiyponida yana soat 9 da yig‘ilish o‘tkazildi.

Bir yigitni domla nima uchun 45 kg terding, deb so‘kdi. Shunda studentlar jonlariga tekkandan, hamma bir tan bo‘lib atayin 45 kggacha terishga kelishib olishdi va domlalarga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni afzal ko‘rishdi.

Hayit namozidan oldin arafa kuni 10 talaba yarim kechasi qochib ketishdi.

Ertalabki razvodda domlalar ularga chora ko‘rish bilan po‘pisa qilishib, Hayit bayramidan keyin kelishsa ular bilan gaplashishlarini aytishdi.

Hayitdan keyin qochib ketganlar bilan gaplshishdi va ulardan ikkitasini oliygohdan hayfsan berib haydab yuborishdi.

Hozir ikkinch terim boshlandi, bolalar haligacha paxta terishmokda. Paxta ham jonga tekkanidan qochib ketishmoqda. Mana buni "ommaviy buysunmaslik" desa bo‘ladi...

Ovqatlarga kelsak...ovqatlar odatdagidek... paxtaning ovqati magazinlardagi muddati o‘tgan makaronlar...

Talabalarga paxta puli terganiga yarasha beriladi...

Shulardan ovqatga va etakka olib qolishib, terimchiga ishlagan kuniga paxta pulini berishadi.

Masalan, men 5 kun ichida 200 kg tergan bo‘lsam,ovqat va etak puli deb ancha olib qolishdi. 34 000 ishlagan pulimdan qo‘limga faqat 17 000 berishdi.

Bulka nonlar o‘ta sifatsiz keladi. Ichi chala pishgan va yo eskirgan.

Biron marta osh qilingani yo‘q. Osh uchun guruchga pul yo‘q deyishdi. Tavba, boy davlatmiz deyishadi yana... 84 nafar terimchiga osh uchun pul topisholmaydimi? Ha, mayli, qolganini kelasi gal yozaman, hozir yana paxtaga!

(Maktub tahrirsiz chop etilmoqda - BBCUZBEK)

Your contact details
Disclaimer