Qirg‘iziston: "Yaylovlar boshqaruviga jamoalarni jalb qilish"

2010 yil iyun oyida Qirg‘izistonda yaylovlar boshqaruvini o‘rganish uchun kelgan vaqtim "Yaylovlar haqidagi qonun" kuchga kirganiga endigina 1 yil bo‘lgandi.

O‘sha yil yoz oylarida yaylovlardan foydalanuvchilar va mahalliy ma‘muriyatlar vakillari aksarining ushbu qonundan xabarlari yo‘q edi.

"Bakiyev qonuni" deya nom olgan qonun borasida tanglik yaqqol sezilar, uning hukumatini ag‘dargan isyondan atigi bir necha oy o‘tgan edi.

Yillar mobaynida mavjud bo‘lgan markazdan boshqaruv o‘rniga ushbu qonun yaylovlarni jamoatchilik asosida boshqarishni tadbiq qilgandi.

Qishloq darajasida yaylovdan foydalanuvchilarning hammasi Yaylovdan Foydalanuvchilar Assotsiatsiyasiga a‘zo bo‘lib, Yaylov Qo‘mitasini tuzishlari nazarda tutilgandi.

Bu Qo‘mita vazifasi yaylovlarni taqsimlash, yuritish va nazorat qilishdan iboratdir.

Qo‘mita shuningdek, yaylovdan foydalanganlik uchun haq yig‘ib, o‘z byudjeti uchun masu‘ldir.

Yaylovlar davlat mulki bo‘lgani uchun bu byudjetning bir qismi yer uchun soliq shaklida markaziy byudjetga o‘tkaziladi.

Yangi qonun atrof-muhit, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni ham o‘z ichiga olgan.

Unda shuningdek, hamma uchun yaylovlardan teng ravishda foydalanish va chorvachilik kelajagini ta‘minlash uchun uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlarni ta‘minlash ham aytib o‘tilgan.

Hozirda qonunning kuchga kirishidan 4 yil o‘tib mamlakat bo‘ylab 454 Yaylov Qo‘mitasi ish yuritmoqda.

Yangi muammolar

Lekin ularning faoliyatlari yo‘lida to‘siqlar bor va vazifalarini amalga oshirishda muammolarga uchramoqdalar.

2013 yil sentyabr oyida parlament raisi o‘rinbosari Ismoil Isoqov Yaylov Qo‘mitalarini bekor qilish g‘oyasini ilgari surdi.

Janob Isoqov Qo‘mitalarni yer solig‘ini suiste‘mol qilishda aybladi.

O‘sha vaqtda Jaylu tumani Yaylov Qo‘mitasi a‘zolaridan biri davlat mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblandi.

Panfilov tumanida esa, mahalliy qo‘mita a‘zolari ularning muammolari yechilmayotgani tufayli norozilik o‘tkazib, yo‘llarni to‘sib qo‘yish bilan po‘pisa qildilar.

Oshkoralikning yo‘qligi, hisob-kitobda muammolar, turli boshqaruv usullari bu kabi o‘z-o‘zini boshqarish tajribasi uchun doimiy xavf bo‘lib qolmoqda.

Bu muammolarning mavjudligi haiqda qonun kuchga kiritilish jarayonidayoq ma‘lum bo‘lgandi.

Qonun borasida qishloqlar yashovchilari uchun mahsus treyninglar o‘tkazilgan yoz oylarida cho‘ponlarning aksari yaylovlarda edilar.

Kerakli ma‘lumotlar hammaga ham teng yetib bormadi.

Bundan tashqari qishloq markazlaridan uzoqda yashovchi Qo‘mita a‘zolari uchun qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish mushkul.

Qishloq markazlarida yashovchilar asosan meva-sabzovt yetishtiruvchi fermerlardir. Ularning chorvasiga cho‘ponlar qaraydi.

Bu shundan dalolat beradiki, Yaylov Qo‘mitalaridagi vakolat masalasi obdon ko‘rib chiqilishi va yaxshilanishi lozim.

Muammo, muammo, muammo...

Yuqoridan pastga boshqaruv hukmron bo‘lib kelgan jamiyatda birgina qonunning matni Yaylovlar Qo‘mitalariga boshqaruv qanday amalga oshirilishi va qishloqdagi hayot tarziga qanday singdirilishi kerakligini o‘rgatishini kutish qiyin.

Lekin shunga qaramay, ba‘zi aniq tashabbuskor mexanizmlar tadbiq qilingan.

Masalan, oshkoralik bobida. Norin viloyatidagi Yaylov Qo‘mitalaridan birida yig‘ilgan to‘lovlar qaydini nafaqat qo‘mita rahbari, balki yana bir qator a‘zolar olib boradilar.

Bu qancha to‘lov kelib tushgani haiqda faqatgina bir odam emas, bir necha kishi xabardor ekanligini ta‘minlaydi va korruptsiyaning oldini olishga ko‘mak beradi.

Qirg‘iziston Qishloq Xo‘jaligi va Melioratsiya vazirligining Yaylovlar Qo‘mitasi, nodavlat tashkilotlari va loyiha donorlari ham yaylovlardan foydalanuvchilar qo‘liga ko‘proq qudrat berish yo‘lida ancha harkat qildilar.

Lekin Qo‘mitalar faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilishi borasida turli qarashlar bor.

Birinchidan, yaylovlardan foydalanuvchilarning o‘zlari orasida boshqaruv qanday bo‘lishi kerakligi borasida yakdillik yo‘q.

Bundan tashqari, mahalliy darjada va mamlakat miqyosida Yaylov Qo‘mitalari qanday bo‘lishi kerakligi yuzasidan ham qarashlar turlicha.

Ba‘zi siyosatchilar Yaylovlar Qo‘mitalari faoliyati samarasini ular markaziy byudjetga qancha pul o‘tkazganliklari bilan o‘lchashsa, mahalliy foydalanuvchilar yaylovlar taqsimotidan xavotirdalar.

Bunga ilova Yaylov Qo‘mitalari mas‘uliyatlari ro‘yxatiga yangi vazifalar kiritilgan. Masalan, kasalliklarning oldini olish yo‘lidagi veterinariya choralari va atrof muhitni-saqlash amallari.

Yaylov Qo‘mitalari shuningdek, asalari boquvchilardan tortib, atrof-muhit uchun mas‘ul bo‘limlar va kon shirkatlariga qadar tomonlar hamohanglikda ishlashlari kutiladi.

Mutaxassis, mexanik va davlat tashkilotlari esa, yana o‘sha eki "yuqoridan patsga qarab" tamoyiliga rioya qiladilar.

Bu esa, o‘z navbatida eski yo‘riq bilan foydalanuvchilar qo‘liga berilgan qarorlar qabul qilish va yechimlarni o‘zlari topish yangi usuli o‘rtasida qarama-qarshilikni tug‘diradi.

Bularning hammasi Yaylov Qo‘mitalari uchun mahalliy foydalanuvchilarni boshqaruvga jalb etish vazifasidan tashqari yana ko‘plab jihatlarni tug‘diradi.

O‘z-o‘zini boshqarish usuli atrofida mutaxassis, siyosatchi va davlat organlarini qanday qilib yig‘ish mumkin?

Your contact details
Disclaimer