Telefon yorug‘ida jarrohlik amali

Qirg‘iziston janubidagi Jalol-Obod shahridagi kasalxonlardan birida o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyoti vaqtida chiroq o‘chishi oqibatida amaliyotini mobil telefonlar chirog‘i yordamida oxiriga yetkazishga majbur bo‘ldilar.

Mintaqaviy yurak-tomir kasalliklari ilmiy markazi mudiri Kaldarbek Abdramanovning aytishicha, amaliyotning eng jiddiy qismiga yetishgan vaqti elektr ta‘minoti uzilgan.

Elektr ta‘minotida uzilishlar mintaqada tez-tez ro‘y berib turishi tufayli kasalxona va jarrohlik xonasidagi aksar jihozlar batareykalarda ishlaydi. Ammo yorug‘lik manbai sifatida topqir shifokorlar mobil telefonlarini ishga solib, jarrohlikni oxiriga yetkazishga muvaffaq bo‘ldilar.

Bu jarayon tasvirga tushirilgan video ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqab ketdi.

Foydalanuvchilar o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan ushbu hodisa shifokorlarning ustamonligidan tortib, elektr ta‘minotidagi uzilishlar yuzasidan turli fikrlarga turtki bergan.

Yurak-tomir jarrohligi bo‘yicha ilmiy markazning reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Kayrat Ergeshevga ko‘ra, 23 yoshli bemor yuragining pardasini o‘zgartirayotgan vaqtlari chiroq o‘chgan.

Jalol-Obod shahar elektr korxonasi rahbari o‘rinbosari Azamat Paizovning aytishicha, ta‘minotdagi uzilishni 25 daqiqa mobaynida tiklashga muvaffaq bo‘lishgan.

Ayni vaqtda janob Paizovning aytishicha. kasalxonada favqulloda halatlarda ishlatilishi ko‘zda tutilgan genrator eng oddiylaridandir. U shaxsan ogohlantirishiga qaramay shu vaqtgacha maxsus generator sotib olinmaganligi uchun shifoxona rahbariyatini tanqid ostiga oldi.

Your contact details
Disclaimer