Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Chorqishloq yoshlari "Islomiy Davlat" safida

Tojikiston shimolidagi Chorqishloqdan 17 nafar yosh yigit Suriya va Iroqda urushayotgan "Islomiy Davlat" safiga borib qo‘shilgan.

Aksariyati hali o‘spirin bu yoshlar oilalariga yordam berish uchun ish izlab, Rossiyaga ketishgandi.

Mulozimlarga ko‘ra, diniy bilimi sayoz, pulga ehtiyojmand va ta‘sirchan o‘smirlarni chet ellarda turli guruhlar va shaxslar osonlik bilan o‘z ta‘sirlariga tushirishmoqda.

Ayrimlarining ortida ota-onalari, yosh bolalari va rafiqalari qolgan.

Chorqishloqliklar esa farzandlarini ortga qaytarish uchun kimdan yordam kutishni bilmay boshlari qotgan.