Rossiya Donetsk va Luganskdagi isyonchilar saylovini tan olishini aytdi

Image copyright AFP

Rossiya hukumati Ukraina sharqidagi bo‘lginchilar 2 noyabrda o‘tkazishni rejalayotgan mubohasali saylovlarni tan olishini aytgan.

Rossiyaning Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi saylovlar "u erdagi hukumatlarni qonuniylashtirish uchun muhim" bo‘lishini bildirdi.

Ukraina avvalroq Rossiyaparast isyonchilarni siqib chiqarishga uringan ikkita viloyatda tinchlik omonat bo‘lib turibdi.

Yakshanba kuni Ukrainada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida G‘arbparast partiyalar ilg‘orlik qilishmoqda.

Ukraina Rossiyadan Donetsk va Luganskda bo‘lginchilarga saylovlar o‘tkazmasliklari yo‘lida bosim o‘tkazishni so‘ramoqda.

Lekin, janob Lavrov "saylovlar rejadagidek o‘tkazilishini kutayapmiz va albatta, saylov natijalarini tan olamiz", - deb aytdi.

Biroz avval, janob Lavrov Rossiya Ukrainadagi parlament saylovlarini ham tan olganini bildirgandi.