'Uzoq yo'l azobi bir, Toshkent aeroporti azobi bir'

Kanadadagi Internet nashri dunyodagi eng yomon aeroportlar ro'yxatini e'lon qilgan.

Yo'lovchilar ishtirokida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, Toshkent aeroporti eng yomon besh aeroportdan biri deb topilgan.

O'zbekiston darvozasi hisoblanadigan Toshkent aeroportidagi ahvol uzoq yillardan buyon yo'lovchilarni g'azablantirib keladi.

Mabodo ikki yo'lovchi uchog'i qo'nib qolsa, yuzlab mehmonlar soatlab navbatda kutib qolishga majbur bo'ladilar.

Yo'lovchilarning bagaji chiqishi, pasport tekshiruvi uzoq vaqtni oladi.

Bojxona va xavfsizlik xodimlarining yo'lovchilarga qo'pol muomalasi ham oddiy holatga aylangan.

Hali hayotligida O'zbekiston Arxitektor uyushmasi rahbari Feruz Ashrafiy Toshkent aeroporti me'mori g'oyasining asosiy unsurlaridan biri - avtomobilda kelgan yo'lovchining hech bir qiyinchiliksiz ikkinchi qavatga ko'tarilib borishi ekanini aytgan.

Sho'rolar zamonida taksi va shaxsiy avtomobillar aviayo'lovchini kuzatish zaligacha chiqib bora olar edi.

Biroq O'zbekiston mustaqilligidan so'ng xavfsizlik vaji bilan Toshkent aeroporti ikkinchi qavatiga ko'tarilish va tushish ko'prigi yopib qo'yildi.

Hozirga kelib esa insonlar 20, 30 kilogrammlik yuklarini bir necha yuz metrdan ko'tarib kelishga majburlar.

Toshkent aeroportida yuzaga keltirilgan ushbu vaziyat mehmonlar va mezbonlarni g'azablantirishiga qaramasdan, mas'ullar bu muammolar mavjudligiga e'tibor qaratishni ham istamaganlar.

Xo'sh, shu kecha-kunduzda Toshkent qo'nalg'asida qanday noqulayliklarni ko'rish mumkin?

Bi-bi-si ushbu savolni yaqinda aeroport xizmatidan foydalangan Hulkar Norqobilovaga berdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Your contact details
Disclaimer