'Al-Aqsaning berkitilishi "urush e’lon qilish"ga barobar'

Falastin rahbari Mahmud Abbosning so‘zchisi Quddusi Sharifdagi bahsli inshootning yopilishini "urush e’lon qilish" deya baholadi.

Harami Sharifning yopilishi yahudiy faoli otib ketilishi ortidan o‘z bergan zo‘ravonliklarga javoban olingan.

Quddusi Sharifning yahudiylarga berishini talab qilib kelgan yahudiy faoli Ehuda Glik jarohat olgan.

Isroil politsiyasi unga o‘q uzishda shubha qilingan falastinlikni otib o‘ldirgan.

Uyi o‘rab oliggan 32 yoshli Muataz Hijoziy politsiyaga qarata o‘q uzgach, politsiya uni otib tashlagan.

Quddusi Sharifdagi yahudiylarning eng muqaddas - "Yig‘i devori" va musulmonlar uchun muqaddas al-Aqsa masjidi yonma-yon joylashgan.

Hijoziy o‘ldirilgani haqidagi xabar yoyilishi ortidan darg‘azab olomon sharqiy Quddusi Sharifda to‘plana boshlagan.

Uning uyiga yaqin ko‘chalarda yuz bergan to‘qnashuvlarda politsiya arablarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va rezina o‘qlarini ishlatgan.

Inshootning musulmonlarga kirish man qilingan qismida o‘ng qanot yahudiylar ham kichik bir namoyish o‘tkazganlar.

Al-Aqsa masjidiga kirishga uringan bir necha shaxs hibsga olingan.