Mashhur dorboz Chikago ustidan o‘tdi

Image copyright Reuters

Amerikalik dorboz Nik Vallenda Chikago shahri ustida qurilgan ikki dordan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Dorbozni erdan minglab tomoshabin hayrat bilan kuzatib turdi.

35 yoshli dorboz ikki osmono‘par binoni birlashtirib turuvchi dordan hech qanday himoya iplarisiz o‘tdi.

Avvaliga Nik Vallenda Chikago daryosining ikki qirg‘og‘ida joylashgan yuqori qavatli binolarni bog‘lab turuvchi dordan osonlik bilan o‘tdi.

Keyin esa, u shaharning eng baland qavatli binolarini birlashtirgan dordan ko‘zi boylangan holda o‘tdi.

Image copyright Reuters

Uzunligi 152 metr bo‘lgan birinchi dorni bosib o‘tishga u 6 daqiqa 52 soniya sarfladi.

Image copyright Reuters

Ikki burjni birlashtirgan ipdan o‘tishga esa dorbozga atigi 2 daqiqa 17 soniya vaqt kerak bo‘ldi.

Image copyright Reuters

Dorboz mahorati televidenie orqali o‘n soniya kechikish bilan namoyish etildi.

Image copyright Reuters

Dorbozlarning ettinchi sulolasi bo‘lgan janob Vallendani erdan minglab insonlar tomosha qilib turishdi.

Image copyright Reuters

Keyin esa janob Vallenda, yana ko‘zi boylangan holda, jurnalistlar savollariga javob berdi.

Dorboz oldin Niagara sharsharasi ustida qurilgan dordan o‘tgan.