Ukraina sharqidagi saylovlarda bo‘lginchilar g‘alaba qozondi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotga ko‘ra, Donetsk va Lugansk viloyatlarida bo‘lib o‘tgan saylovlarda faollik yuqori darajada bo‘lgan.

Vazirlik saylovlar "umuman olganda yaxshi tashkillashtirildi," deya baholadi.

Rossiya Tashqii ishlar vazirligi aytishicha, saylovlar yangi hukumatlarga mintaqani idora etish vakolatini beradi.

Ammo Kreml bo‘lginchilarni Kiev hukumati bilan dialogga kirishga chaqirgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, saylovlarning qanday natija bilan nihoya topishi hech kimni shubhaga solgani yo‘q.

Ovoz berish yakunlaridan ayon bo‘lishicha, Aleksandr Zaxarchenko o‘zini Donetsk Xalq Respublikasi deya e’lon qilgan mintaqa prezidentligi saylovida g‘olib chiqdi, Igorь Plotnitskiy esa qo‘shni Lugansk viloyatida g‘alaba qozondi.

Ammo, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarni Qo‘shma Shtatlar, Ovro‘po Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar qoralab chiqdilar.

Ularga ko‘ra, saylovlar sentyabr oyida Minskda imzolangan otashkesim shartnomasiga xilofdir va mintaqada ziddiyatni yanada kuchaytirishi mumkin.

Yakshanba kuni rasmiy Kiev Moskvani sharqiy Ukrainaga katta miqdorda qo‘shin va og‘ir-qurol yaroq yuborishda aybladi.

G‘arblik jurnalistlar Donetsk tomon borayotgan yirik harbiy kolonnaga guvoh bo‘lganlar.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyani Ukraina sharqida bo‘lib o‘tgan ovoz berishlardan Rossiya-Ukraina chegara hududlariga qo‘shin yuborish uchun bahona sifatida foydalanmaslikka chaqirgan.

Bu haqda Amerika Xavfsizlik Kengashining vakili Mark Strox ma’lum qilgan.