Musulmonlar Amerikani kashf etganmi?

Image copyright hurriyet.com.tr

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Amerika qit‘asini birinchi bo‘lib musulmonlar ochgan, degan bayonoti g‘arb matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahsu munozaralarga sabab bo‘lgan.

Istanbulda Janubiy Amerikalik musulmon rahbarlar bilan uchrashuv chog‘ida gapirgan janob Erdo‘g‘on Xristofor Kolumbdan qariyb 300 yil avval, 12-asrda musulmonlar Amerikani kashf etganliklarini da‘vo qilgan.

U Xristofor Kolumbning o‘z xotiralarida go‘yoki Kuba sohillarida bir masjidni ko‘rgani haqida yozganini aytgan.

Janob Erdo‘g‘on Kuba rahbarlari bilan u yerda masjid qurilishini ham mubohasa etishini aytgan.

Musulmon olimlarining Amerika borasidagi tadqiqotlari yangilik emas. Ammo janob Erdo‘g‘onning musulmonlar Kolumbdan avval Amerikaga oyoq bosgani haqidagi iddaosi ilmiy jihatdan qanchalik asosli?

Bi-bi-si ushbu savolni o‘zbekistonlik tarixchi olim, professor Ashraf Ahmedovga berdi.

Azizlar, Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi