Anvar Nazirov: O‘zbeklar noroziligini "oyog‘i bilan ko‘rsatyapti"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga toshkentlik mustaqil siyosatshunos Anvar Nazirov (Nazir) javob beradi.

Anvar Nazirov 1980 yil 16 mayda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Frantsiya, Ispaniya va O‘zbekistonda tarix, iqtisod va siyosatshunoslik fanlaridan tahsil olgan.

O‘zbekiston tarixiga oid qator tadqiqotlar muallifi.

Hozirda jadidchilik tarixi, shuningdek, mahalliy Islom, Naqshbandiya, Yassaviya va Kubroviya singari tasavvuf tariqatlari merosini chuqur o‘rganish va omma orasida targ‘ib qilish ustida ish olib borayotganini aytadi.

Uning fikricha, sho‘ro tuzumi sodir etgan jinoyatlarni yuzaga chiqarish bugungi tarixchilar oldida turgan asosiy vazifalardandir.

Anvar Nazirov xorijiy matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda jahon va O‘zbekistondagi siyosiy hamda ijtimoiy muammolar haqida o‘z nuqtai nazarini ochiq-oydin bayon qilib kelayotgan O‘zbekistondagi kam sonli siyosatshunoslardan biridir.

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002