Dunyoga OITS qanday tarqalgan?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

1 dekabr kuni butun dunyoda OITSga qarshi kurash xalqaro kuni sifatida nishonlanadi, shu maqsadda turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Inson immun tizimi tanqisligi virusi ilk bor 1980 yillarda AQShda aniqlangan edi.

Lekin aslida bu virusning ildizi 1920 yillardagi Kinshasaga borib taqaladi.

Temir yo‘l tarmog‘i rivojlanishi bilan bedavo virus Kinshasaga yaqin hududlarga tarqaldi, so‘ng AQShgacha yetib bordi.

1986 yilga kelib VICh virusi butun dunyoga tarqaldi.

Hozirga kelib dunyo bo‘ylab 78 milliondan ortiq inson bu virusni yuqtirgan.

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002