Rossiya rublining qadrsizlanishi muhojirlarning daromadini kamaytirdi

Image copyright AFP Getty

Rossiya rublining qadrsizlanishi ham Rossiya va ham jahon matbuotining asosiy mavzularidan biri bo‘lmoqda.

Dushanba kuni keskin pasaygan rubl seshanba kuni birja savdolari boshlanishi bilan biroz ko‘tarilgan, biroq keyin yana pasayishi kuzatilgan.

Birjada 1 dollar- 50 rubl 77 kopeyek, 1 Yevro esa 63 rubl 24 kopeyekni tashkil qilgan.

G‘arbning Rossiyaga qarshi joriy etgan jazo choralari oqibatida iqtisodiy turg‘unlik kuzatilayapti, shuningdek, jahon bozorida neft narxining tushishi ham Rossiya milliy valyutasini qadrini tushirmoqda.

Bu Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodlariga ham ta‘sir ko‘rsatmoqda, mehnat muhojirlarining oylik daromadlari kamayib ketgan.

Rubl qadrsizlanishining ta‘siri haqida Moskvada ishlayotgan mehnat muhojiri Ahadjon gapiradi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002