Luganskda otashkesimga erishilgani bildirildi

Image copyright AFP

Ukraina armiyasi va o‘zini Lugansk xalq respublikasi deb ataydigan rossiyaparast jangchilar o‘rtasida otashkesimga kelingani haqidagi xabarni isyoyonchilar rahbari Igor Plotnitskiy tasdiqlagan.

Dushanba kuni bu haqda Ukrainadagi OXHT kuzatuvchilar guruhi ma‘lum qilgandi.

Tomonlar oldinroq Donetsk aeroportida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishganlar.

OXHTga ko‘ra, og‘ir texnikalarni hududdan olib chiqish 6 dekabrda boshlanishi kerak. Harbiy texnikalar

Lugansk Xalq Respublikasi o‘z nazorati ostidagi barcha isyonchi guruhlar kelishuv shartlariga amal qilishini qayd etgan.

Image copyright AFP

Otashkesimni nazorat qilish Ukraina-Rossiya markazi 5 sentyabrdagi Minsk shartnomasi doirasida tuzilgan.

Ukraina harbiylari seshanbaga o‘tar kechasi otishmalarsiz tinch o‘tganini aytganlar.

Ovro‘po Ittifoqi Moskvadan Ukrainadagi rossiyaparast bo‘lginchilarga ta‘sir o‘tkazish va mamlakat sharqida tinchlikni o‘rnatishga chaqirib keladi.

Rossiyaga qarshi jazo choralarining o‘zgarishi Ukrainada vaziyatga har tomonlama bog‘liq ekanligi uqtirilgan.

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002