Tibbiy sug‘urtasiz muhojir ishdan haydaladi

Image copyright Reuters

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolaganidan keyin kuchga kirgan yangi qonunga binoan, ish beruvchi faqat tibbiy sug‘urta polisiga ega mehnat muhojirini ishga olishi shart.

Agar tibbiy sug‘urta polisi muddati tugagan bo‘lsa, ish beruvchi ishchini haydashi talab qilinadi.

Bundan keyin Rossiya "Mehnat kodeksi"ga ham o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda.

Xorijiy fuqaro bilan mehnat shartnomasini rossiyalik yoshga yollovchi faqat ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatishga rozilik bergan muassasa bilan kelishuvi bo‘lgandagina imzolashga izn berilgan.

Agar ish beruvchi o‘z xodimi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga rozilik bersa, tibbiy sug‘urta talab qilinmaydi.

Rossiyaga ishlab pul topish uchun borgan ko‘plab chet elliklar noqonuniy, kam maosh to‘lanadigan ishlarga rozi bo‘ladilar.

Arzon ishchi kuchi bo‘lgani uchun ham rossiyalik ish beruvchilar ularni yollaydilar.

Bundan so‘ng ishchisi uchun tibbiy sug‘urta polisini o‘z zimmasiga olishi talab etilishi ish beruvchilarni xorijliklarni yollashdan tiyishi mumkin.

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, yangi tartib xorijiy ishchi kuchi bozorini qonuniylashtirishga yordam beradi, mehnat muhojirlarini ijtimoiy muhofaza qiladi.

Aslida ham shundaymi?

BBC ushbu savol bilan Moskvadagi "Memorial" inson huquqlarini himoya qilish markazi faoli Bahrom Hamroyevga murojaat qildi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Azizlar, BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer