O‘zbek imomi qotilligi gumoni bilan rossiyalik qo‘lga olingan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Istanbul shahri politsiyasi o‘zbekistonlik imom Abdulloh Buxoriy deb tanilgan yosh ulamoni o‘ldirishda gumon qilingan Rossiya fuqarosi qo‘lga olinganini tasdiqlagan.

38 yoshli imom Abdulloh Buxoriyga Istanbul shahrining Zaytunburni mavzesida suiqasd qilingan.

Bu joyda imom Buxoriy markaziy osiyoliklar uchun diniy ta‘rim markazlari tashkil qilgan.

Hodisa 10 dekabr kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Imomga qarshi O‘zbekistonda ta‘qiblar bo‘lgani yoki jinoiy ishlar ochilgani noma‘lum, biroq uning atrofidagilar eng avvalo O‘zbekiston maxsus xizmatlaridan gumon qilishmoqda.

Turkiya matbuotida imom Buxoriyga suiqasd O‘zbek va Rossiya josuslik xizmatlari ishi bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlar ilgari surilgan.

Abdulloh Buxoriy o‘zining masjid va internet orqali chiqishlarida musulmonlarni, xususan o‘zbekistonlik musulmonlarni Suriyadagi rejimga qarshi jihodda ishtirok etishga ochiqcha da‘vat qilib kelgan.

U turkiyalik ayolga uylanib Turkiya fuqaroligiga ega bo‘lgani aytiladi.

BBC Istanbulda yashovchi va imom Buxoriydan darslar olgan mustaqil jurnalist Kamoliddin Yo‘ldoshdan suiqasd tafsiloti haqida so‘radi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002