2014 yil oramizdan ketganlar: Oydin Solih

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

2014 yil noyabrida muqobil tibbiyot targ‘ibotchisi va amaliyotchisi Oydin Solih hayotdan ko‘z yumdi.

Oydin Solih umrining katta qismini insonlar va hayvonlarda yuzaga keladigan xastaliklar sabablarini o‘rganishga bag‘ishlagandi.

Uning "Haqiqiy tibbiyot - yo‘qotilgan shifo izidan" deb nomlangan kitobi 2008 yil Turkiyada ilk bor nashr qilingan. Kitob nafaqat Turkiya, boshqa ko‘plab mamlakatlarda mashhur bo‘lgandi.

Oydin Solih Istanbuldagi Tabiiy Shifo instituti asoschisi ham edi.

Olima o‘z kitobida inson salomatligini Qur‘on va Hadislarga asoslangan holda yaxshilashi, turli kasalliklar, jumladan, saratondan ham tabiiy vositalar yordamida saqlanish yo‘llarini bayon qiladi.

Shu bilan birga, u o‘z kitobida zamonaviy tibbda so‘nggi yillarda paydo yangi tendentsiyalar haqida so‘z yuritadi.

BBC mehmoni sifatida o‘quvchilarimiz va mushtariylar savollariga javob qaytargan marhuma Solih xonim, biror bir shifo yo‘lini tasdiqlaydigan Qur‘on oyati hadis topmasa, bu shifo usulini qo‘llamadim, deb aytgandi.

Ammo, Oydin Solih tilga olgan mavzular keng doirada va mutaxassislar orasida katta bahsu munozaralarga sabab bo‘lgani aniq.

BBC 2012 yilning oktyabrida Oydin Solih bilan uchrashib, ana shu bahsli mavzular haqidagi fikrlarini so‘ragandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002