Iqlim sammiti: Boylar va qashshoqlar kelisha olmayapti

Image copyright AP

Limada iqlimga bag‘ishlangan muzokaralarning oxirgi kuni boshlanar ekan, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘zaro kelisha olmayotgan taraflarga samimiy murojaat qildi.

Janob Kerri muzokarachilarga jahon "hali ham fojia sari harakat" qilayotganini aytdi.

Uning aytishicha, o‘zaro kelishib olish "tanlov emas, balki zaruratdir".

Biroq o‘zaro saqlanib qolayotgan yirik farqlar Peru poytaxtidagi bu jarayonga tahdid solmoqda.

Ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar BMTning ko‘rsatmalari qayta ishlab chiqilishini istaydilar.

Image copyright AFP

Shu kungacha badavlat mamlakatlar zaxarli chiqindilar kesish yo‘lida majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olganlar, lekin qashshoq mamlakatlar bu kabi majburiyatga ega emaslar.

AQSh kabi mamlakatlar bu kabi bo‘linishlar eskirganini aytib, barcha davlatlar qandaydir majburiyatni olishlarini istashadi.

O‘z nutqida janob Kerri endi har bir mamlakat mas‘uliyatni his qilishi kerakligini aytdi.

"Bilaman, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bu qiyin. Lekin, bir narsani esda tutaylik, zaxarli chiqindilarning yarmidan ko‘pi bugunda aynan rivojlanayotgan mamlakatlardan chiqayapti, shunday ekan, ular ham chora ko‘rishi zarur", - dedi Kerri janoblari.

Xitoy kabi davlatlar boy mamlakatlar ko‘proq majburiyatga ega bo‘lishi kerak degan qarashdalar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002