2014 yil oramizdan ketganlar: Yelena Ryabinina

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Yelena Ryabinina ko‘plab markaziy osiyolik qochqinlarni himoya qilgan rossiyalik taniqli inson huquqlari himoyachisi edi.

Ryabinina xonim joriy yilning may oyida 60 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etdi.

U Moskvada joylashgan "Fuqaroviy ko‘mak" qo‘mitasi faoli sifatida Rossiya hududida qochqin maqomini qo‘lga kiritish istagida yurgan insonlarga yordam berib kelgan.

Yelena Ryabinina qo‘mita qoshidagi "Markaziy osiyolik siyosiy qochqinlarga yordam" dasturini olti yil davomida boshqargandi.

U "Memorial" inson huquqlari tashkiloti hamda Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi Ekspertlar kengashi a‘zosi ham edi.

Shuningdek, Ryabinina xonim Rossiya huquq-tartibot organlari va sobiq Sho‘ro respublikalari hukumatlari tanqidchisiga ham aylangandi.

Bir necha yil Yelena Ryabinina hamkorlikda faoliyat qilgan o‘zbekistonlik taniqli inson huquqlari faoli Mo‘‘tabar Tojiboyeva shunday xotirlaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002