Pensilvaniyadagi otishma: olti inson o‘ldirilgan, qurolli shaxs qidiruvda

Image copyright epa

Amerikaning Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahri atrofida qurollangan shaxs olti kishini otib o‘ldirgan.

17 yashar o‘spirin qattiq jarohat olgan.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, qurollangan kishi 35 yoshli sobiq harbiy Bredli Uilyam Stoun ekani taxmin qilinmoqda.

Aytilishicha, qurbonlarning hammasi Stoun yaqinlari bo‘lganlar.

Halok bo‘lganlarning jasadlari uch joydan - Souderton, Lansdeyl, Xarleysvill aholi yashash maskanlaridan topilgan.

Gumondorni qidirayotgan politsiya mahalliy aholidan xavfsizlik yuzasidan ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan.

Gumonlanuvchining qurollangani ogohlantirgan.

Bredli Uilyam Stoun o‘zining sobiq xotini Nikol Stounni, uning onasi, opasi, kuyovi va 14 yoshli qizini o‘ldirgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ilk otishma 15 dekabr tongida, soat 4 larda Filadelfiyada boshlangan.

Dastlab gumonlanuvchi sobiq turmush o‘rtog‘ining opasi Patrisiya Flikning uyiga borib, oilaning uch a‘zosini o‘ldirgan.

17 yoshli Entoni og‘ir yaralangan.

So‘ngra Bredli Uilyam Stoun sobiq xotinining onasi va buvisini otib tashlagan.

Eng oxirida gumonlanuvchi Nikol Stounning uyiga borib uni ham o‘ldirgan.

Qo‘shnilar Bredli Stoun o‘zining ikki bolasini olib uydan yugurib chiqqanini ko‘rganlar va politsiyaga xabar berganlar.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, bolalar topilgan, gumonlanuvchining o‘zi qidirilmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002